V.N Karazin nomidagi Xarkov milliy universitet

Xorijiy talabalar: 3000+

O'rtacha xarajat: 2000$

Mavjud kurslar: biologiya,
psixologiya,
jurnalistika,
tibbiyot
huquq

V.N Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti – Ukraina yetakchi universitetlarining yirik ilmiy markazlaridan biri. Universitet  QS World University Rankings reytingiga ko’ra dunyodagi eng yaxshi universitetlarning 500taligiga kiradi.

Sharqiy Evropadagi eng qadimiy universitetlardan biri. Ushbu universitet 1804 yildan beri faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

V.N Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti YuNESKO reytingida “Ukrainadagi 200 ta eng yaxshi universitet”lar ichida uchinchi o’rinni egalladi. Universitet keng xalqaro hamkorlik dasturiga ega bo`lib, 25 mamlakatda 61ta sherik bilan hamkorlik yo’lga qo’ygan.

Bugungi kunda universitetda 3000 dan ortiq chet ellik talabalar va aspirantlar tahsil olmoqdalar. Universitet dasturlari: xalqaro iqtisodiy munosabatlar, huquq (rus yoki ingliz tillarda), jurnalistika, chet tillari, filologiya, biologiya, psixologiya, geologiya, tibbiyot (rus, ingliz), tarix, sotsiologiya, mexanika va matematika, fizika, kimyo.

 

Buni baham ko'ring:

Taklifnomani tasdiqlash

Taklifnomani tekshirish uchun ma'lumotni quyidagi shaklga kiriting: